“Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar ijrosi holati o‘rganib chiqildi
O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori N. Bakirov raisligida markaziy apparati xodimlari, tizim tashkilotlari va xo‘jaliklar rahbarlari ishtirokida tashkil etilgan yig‘ilishda sohaga tegishli hujjatlar ijrosi xususida so‘z bordi.
Qayd etilishicha, joriy yil aprel oyida “Ijro.gov.uz” tizimida O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar soni 65 tani tashkil etadi. Shundan, 10 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, 46 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori hamda 9 tasi Davlat Rahbari huzurida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonlari topshiriqlaridan iborat.
Bugungi kunda “Ijro.gov.uz” tizimida O‘rmon xo‘jaligi agentligi mas’ul bo‘lgan 5 ta topshiriqlar o‘z muddatida bajarilmagan. Jumladan, 1 ta topshiriq bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10 noyabrdagi PF-244-son Farmoni 4-ilovasi 16-bandi ijro muddatini uzaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 10 martdagi Rayosat Majlisi bayoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 22 yanvardagi PQ-98-son qarorida 35 ta topshiriq berilgan bo‘lib, bugungi kunda 32 tasi bajarilgan, qolgan 3 tasi pudratchi tashkilotlarning mas’uliyatsizliklari sababli muddatidan kechikmoqda.
Yig‘ilish davomida sohaga tegishli hujjatlar ijrosida yo‘l qo‘yilgan sustkashliklar masalasi ta’kidlandi.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatib, ijro intizomini mustahkamlash borasida quyi tizimdagi tashkilotlarga nisbatan talabchanlikni oshirsin hamda topshiriqlarni doimiy nazorat qilinishini tashkil etilishi qayd etildi.
“Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar ijrosi holatini markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirokida har kuni muhokama qilib, tegishli choralar ko‘rib borilishini ta’minlanishi, ish kunini “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlarni bajarilishini tashkil etish bilan boshlash tartibini joriy etilishi aytib o‘tildi.
Kelgusida “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar ijrosi holatini haftada ikki marta (dushanba-juma kunlari) tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida O‘rmon xo‘jaligi agentligi yig‘ilishlarida tanqidiy muhokama qilib borilishini ta’minlash kabi masalalar belgilab qo‘yildi.
O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati